AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 60 kiloga yaqin narkotik bilan ushlanganlar 15 yilga qamaldi

Uzun tumonida katta miqdordagi giyohvandlik vositalarini olib kirishga urinish fosh etildi. Sud hukmiga ko‘ra, jinoyatga aloqador 5 nafar shaxsning har biri 15 yildan ozodlikdan mahrum qilindi.

'Surxondaryoda 60 kiloga yaqin narkotik bilan ushlanganlar 15 yilga qamaldi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, 2025 yil avgust oyida DXX Chegara qo‘shinlari, Surxondaryo viloyati bo‘yicha DXX boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 2005 va 2006 yillarda tug‘ilgan ikki nafar mahalliy fuqaro davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Tojikistondan 20 kg 374 gr "opiy" va 41 kg 668 gr "gashish" moddalarini olib kelayotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davomida ularning jinoyiy sheriklari — Uzun tumanida yashovchi 2000 va 2004 yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs hamda Denov shahrida istiqomat qiluvchi 2000 yilda tug‘ilgan buyurtmachi ham qo‘lga olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi hukmiga ko‘ra, ayblanuvchilar Jinoyat kodeksining 223, 246 va 273-moddalari bilan aybli deb topilib, har biriga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar