AsosiyJamiyat

Toshkent osmonida yorqin jism kuzatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida, "Kosmonavtlar" metro bekatida yaqinida osmonda uchib o'tgan noma'lum yorqin jism aks etgan video tarqaldi.

'Toshkent osmonida yorqin jism kuzatildi'ning rasmi

Holat yuzasidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Astronomiya instituti mutaxassislari dastlabki o‘rganish ishlarini olib borganini ma’lum qildi.

Institut bayonotiga ko‘ra, videoda qayd etilgan hodisaning meteorit tushishi yoki boshqa tabiiy yo texnogen manba bilan bog‘liq ekani hozircha rasman tasdiqlanmagan. Yer yuzasiga etib kelgan qoldiqlar aniqlanmaguncha hodisaning tabiati haqida qat’iy xulosa berish imkonsiz.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Quyosh tizimida harakatlanuvchi kichik qattiq jismlar Yer atmosferasiga kirganda yorqin iz qoldiradi va bu hodisa meteor deb ataladi. Agar jism atmosferada to‘liq yonib ketmay, Yer yuzasiga etib kelsa, u meteorit hisoblanadi.

Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sutka davomida atmosferaga millionlab mayda kosmik zarralar kiradi, ammo ularning aksariyati yonib ketadi. Aholi yashash hududlariga yirik meteorit tushishi esa juda kam kuzatiladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlanishi bilan jamoatchilikka rasman xabar berilishi bildirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi ma'lum qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:02

    Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi ma'lum qilindi.

    Sinoptiklar yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlarida havo harorati pasayishi va yomg‘ir yog‘ishini taxmin qilmoqda.

    'AQSh B-2 Spiritlarni jangovar shaylikka keltirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:24

    AQSh B-2 Spiritlarni jangovar shaylikka keltirdi

    Yaqin Sharqqa onlab yoqilgʻi quyish samolyotlari ham koʻchirilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:34

    'Trump: O‘zbekiston “Tinchlik kengashi” uchun milliardlab dollar ajratdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.02.2026 16:25

    Trump: O‘zbekiston “Tinchlik kengashi” uchun milliardlab dollar ajratdi

    AQSh Prezidenti Donald Trump Vashingtonda o‘tayotgan sammitda O‘zbekiston va yana bir qator davlatlar “Tinchlik kengashi”ni moliyalashtirish uchun katta mablag‘ ajratganini ma’lum qildi.

    'Oʻzbekiston bayrogʻini vertikal osish va dafn marosimida qoʻllash tartibi belgilanadi'ning rasmi

    Jamiyat 19.02.2026 13:57

    Oʻzbekiston bayrogʻini vertikal osish va dafn marosimida qoʻllash tartibi belgilanadi

    Adliya vazirligi davlat bayrog‘idan foydalanish qoidalarini yanada aniqlashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

    'Toshkentda narkolaboratoriya fosh etildi, 24 mingdan ortiq kuchli dori vositalari musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 19.02.2026 13:43

    Toshkentda narkolaboratoriya fosh etildi, 24 mingdan ortiq kuchli dori vositalari musodara qilindi

    Poytaxt va viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda narkodukon faoliyatiga chek qo‘yilib, yirik miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qo‘lga olindi.