AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda ilk bor kriptovalyuta mayningi faoliyati uchun rasmiy ruxsatnoma berildi.

Ma’lum qilinishicha, 19 yanvar kuni agentlik direktori buyrug‘i bilan NexaGrid kompaniyasiga mayning faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilgan.

'O‘zbekistonda ilk bor kriptovalyuta mayningi faoliyati uchun rasmiy ruxsatnoma berildi.'ning rasmi

O‘zbekistonda birinchi marta kriptovalyuta mayningi faoliyatini amalga oshirish uchun rasmiy ruxsatnoma taqdim etildi. Bu haqda Spot Istiqbolli loyihalar milliy agentligining mayning faoliyati uchun berilgan ruxsatnomalar elektron reestriga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 19 yanvar kuni agentlik direktori buyrug‘i bilan NexaGrid kompaniyasiga mayning faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilgan. Kompaniyaning faoliyat manzili sifatida Buxoro viloyati Romitan tumani ko‘rsatilgan. Ushbu hujjat mamlakatda mazkur yo‘nalish bo‘yicha berilgan ilk ruxsatnoma hisoblanadi.

NexaGrid yuridik shaxs sifatida 2025 yil aprel oyida Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning ustav fondi 600 million so‘mni tashkil qiladi. Kompaniya kompyuter uskunalarini boshqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Tasischilari — To‘ymurod Sultonov (63 foiz) va Mahmudjon Ro‘zimurodov (37 foiz). Shuningdek, Sultonov kompaniya rahbari hisoblanadi.

U o‘zining LinkedIndagi sahifasida NexaGrid mayning uchun ruxsatnomani qonuniy va shaffof tarzda olganini ta’kidlagan. Qayd etilishicha, loyiha qisqa muddatli foyda emas, balki Markaziy Osiyoda kelajak infratuzilmasini shakllantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil kuzida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mayning faoliyatini litsenziyalash tartibini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, mayning faqat yuridik shaxslar tomonidan va asosan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi asosida amalga oshiriladi. Yagona elektr tarmog‘iga ulanishga ruxsat berilgan, biroq bunda ikki barobar tarif qo‘llanadi.

Ruxsatnoma 5 yil muddatga bepul beriladi va arizalar 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, yashirin va ruxsatnomasiz mayning bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. Olingan kripto-aktivlar esa faqat litsenziyaga ega kripto-birjalar orqali sotilishi mumkin.

Hozirda O‘zbekistonda 21 ta kripto-xizmat provayderi faoliyat yuritmoqda. 2022 yildan buyon ular tomonidan 107 milliard so‘mdan ortiq boj va yig‘imlar to‘langan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samaradan Urganchga toʻgʻridan-toʻgʻri reys yoʻlga qoʻyiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:50

    '"O'zgidromet" tezkor ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:25

    "O'zgidromet" tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

    Bugun, 21 fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

    'Navoiyda noqonuniy saqlanayotgan 1100 dona patron musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:34

    Navoiyda noqonuniy saqlanayotgan 1100 dona patron musodara qilindi

    Navoiy viloyatida o'qotar qurol va o'q-dorilarning noqonuniy aylanmasiga qarshi o'tkazilgan tezkor tadbirda jami 1100 dona patron aniqlandi va olib qo'yildi.

    'Toshkentda yana bozor yondi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:09

    Toshkentda yana bozor yondi

    Uchtepa tumanida joylashgan "Izza" qurilish bozorida rom mahsulotlari yongan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'O‘zbekistonda 15 yillik stajga ega o‘qituvchilarga uy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 20.02.2026 17:35

    O‘zbekistonda 15 yillik stajga ega o‘qituvchilarga uy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi

    O‘zbekistonda oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega va kamida 15 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratiladi.

    'Toshkentda hamkasbini zoʻrlashga urinishda ayblangan erkak 5 sutkaga qamaldi.'ning rasmi

    Jamiyat 20.02.2026 16:31

    Toshkentda hamkasbini zoʻrlashga urinishda ayblangan erkak 5 sutkaga qamaldi.

    Toshkentga xizmat safari bilan kelgan erkak mehmonxonada hamkasbiga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilib, uni bo‘g‘ishga urinagani uchun 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini oldi.