AsosiyDunyo

Трамп барча давлатларга 10 фоизлик бож жорий қилди

Ushbu qadamni iqtisodiy siyosatda muhim chora sifatida baholagan.

'Трамп барча давлатларга 10 фоизлик бож жорий қилди'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trump barcha davlatlarga nisbatan qo‘shimcha 10 foizlik tarif joriy etish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Prezidentning yozishicha, qaror Oval idorasida imzolangan va darhol kuchga kiradi. U mazkur qadamni iqtisodiy siyosatda muhim chora sifatida baholagan.

Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, deklaratsiya AQShga kirib keladigan tovarlarga import boji joriy etadi. Tartib 24 fevraldan amalga kiritilib, 150 kun davomida qo‘llaniladi.

Bundan avval AQSh Oliy sudi Trump tomonidan Favqulodda vaziyatlarni boshqarish to‘g‘risidagi qonun asosida joriy etilgan tariflarni noqonuniy deb topgan edi. Sud qarorida prezident vakolat doirasidan chiqqan holda mazkur qonunga tayanqani qayd etilgan.

Shundan so‘ng Trump barcha tariflar amalda saqlanib qolishini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, mazkur choralar iqtisodiy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:52

    'Ali Xomanaiy 36 yillik hokimiyati davridagi eng jiddiy inqirozga duch keldi'ning rasmi

    Dunyo 20.02.2026 17:11

    Ali Xomanaiy 36 yillik hokimiyati davridagi eng jiddiy inqirozga duch keldi

    Ali Xomanaiy boshqarayotgan Eron ichki noroziliklar, iqtisodiy inqiroz va tashqi harbiy tahdidlar fonida kuchayib borayotgan bosimga yuz tutmoqda.

    'Afg‘onistonda 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.'ning rasmi

    Dunyo 20.02.2026 13:31

    Afg‘onistonda 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

    Hozircha jabrlangaнlar yoki vayronagarchiliklar haqida rasmiy ma'lumot berilmagan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.02.2026 12:09

    'Eronda harbiy samolyot halokatga uchradi'ning rasmi

    Dunyo 20.02.2026 09:13

    Eronda harbiy samolyot halokatga uchradi

    Eronning Hamadon viloyatida mashg'ulot parvoz vaqtida harbiy samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Fars News Agentligi xabar berdi.

    'Qirg'iziston sobiq spikeri deputatlikdan ham ketdi'ning rasmi

    Dunyo 20.02.2026 08:23

    Qirg'iziston sobiq spikeri deputatlikdan ham ketdi

    “75 кишининг мурожаати” билан боғлиқ миш-мишларни рад этган Нурланбек Турғунбек ўғли соғлиғи сабаб сиёсатдан чекинаётганини билдирди