Surxondaryoda erkak it bolasining quloqlarini vahshiylarcha uzib tashlagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Matbuot xizmatinbsp;xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 111-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilgan.
"Ming bor uzr so‘rayman. Qilgan ishimdan pushaymonman," - deydi huquqbuzar.






