AsosiyDunyo

Pokiston tunda Afg‘onistonga hujum qildi

Qurbonlar bor.

'Pokiston tunda Afg‘onistonga hujum qildi'ning rasmi

Kecha, 21 fevral kuni Pokiston harbiy aviatsiyasi Afg‘onistonning sharqiy hududlarida jangarilarga qarshi havo hujumlarini amalga oshirdi. Pokiston hukumati bu zarbalarini "razvedka ma’lumotlariga asoslangan, aniq nishonlarga qarshi operatsiyalar" deb atagan bo‘lsa, Afg‘oniston hukumati bunga qarshi e’tiroz bildirdi.

 

Pokiston rasmiylari hujumlar davomida "Tehriki Tolibon Pokiston" (TTP) va uning aloqador guruhlariga zarqa berilganini ma’lum qildi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, ushbu guruhlar so‘nggi paytlarda Pokistonda uyushtirilgan o‘ta xavfli hujumlar ortida turgan bo‘lishi mumkin.

 

Pokiston hukumati, jumladan Islomoboddagi axborot vazirligi, hujumlarni "mamlakat xavfsizligini ta’minlash" chorasi deb atab, xalqaro hamjamiyatdan Afg‘onistonni bosim ostiga olishni talab qildi.

 

Afg‘oniston hukumati hujumlar oqibatida o‘nlab fuqarolar, xususan ayollar va bolalar ham halok bo‘lganini bildirgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 17 kishi, shu jumladan, bir nechta oilaning a’zolari halok bo‘lgan.

 

Afg‘on rasmiylariga ko‘ra, zarqa Bihsud tumandagi uylarni nishonga olgan va bu uyda 12 nafar bola va o‘smir halok bo‘lgan. Shuningdek, ko‘plab odamlar jarohat olgani, aholi turar-joylari vayron bo‘lganiga oid fotosuratlar va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmogda.

 

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi hujumni qoralab, Pokistonga munosib va o‘z vaqtida javob qaytarilishidan ogohlantirdi.

    Boshqa yangiliklar