AsosiyJamiyat

Toshkent va Navoiyda qalbaki valyuta savdosi bilan shugʻullanishga uringan shaxslar ushlandi.

Navoiy va Toshkentda turli xil qalbaki dollar va so‘m kupyuralarini haqiqiy pul sifatida sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi.

'Toshkent va Navoiyda qalbaki valyuta savdosi bilan shugʻullanishga uringan shaxslar ushlandi.'ning rasmi

DXX va IIO xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida Turkiyadan Qirg‘iziston orqali O‘zbekistonga olib kelingan qalbaki AQSh dollar savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar uslandi.

Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi 1984 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining jinoyiy sherigi bilan birgalikda 100 AQSh dollarlik kupyuradagi 19 900 dollarlik qalbaki pulni xaridorga 14 000 dollarga sotishga uringan paytda to‘xtatilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida ham 1997 yilda tug‘ilgan shaxs qalbaki 100 dollar va 100 ming, 50 ming so‘mlik kupyuralarni haqiqiy 5 500 dollarga sotishni va’da qilgan paytda uslandi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar