Ma’lum qilinishicha, advokat mahalliy fuqaroga nisbatan tayinlangan 2 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘z tanishlari orqali yengilroq jazolarga almashtirib berishni va’da qilgan.
U bu "xizmat" evaziga 10 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda. DXX fuqarolarni shunday holatlar haqida 1520 raqami orqali xabar berishga chaqirdi.






