AsosiyJamiyat

Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonda sezildi

25 fevral kuni Afg‘onistonda 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

'Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonda sezildi'ning rasmi

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida ham sezilgan.

Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila soat 16:12 da qayd etilgan.

Epitsentr Afg‘onistonning Badaxshon hududida, Toshkentdan 485 kilometr janubi-sharqda joylashgan. O‘choq chuqurligi 67 kilometrni tashkil etgan.

O‘zbekiston hududida, xususan, Surxondaryo viloyatida yer silkinishi 2 ball kuch bilan sezilgan.

    Boshqa yangiliklar