AsosiyJamiyat

Трамп маъмурияти муҳожир оилаларига нисбатан қатъий чораларни кучайтирди

AQShning Donald Tramp ma'muriyati muhojirlarga qarshi qat'iy siyosat doirasida minglab ota-onalarni hibsga olgani ma'lum bo'ldi.

'Трамп маъмурияти муҳожир оилаларига нисбатан қатъий чораларни кучайтирди'ning rasmi

Nashr hukumat hujjatlari asosida o‘tkazgan tahlilga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki yetti oyida kamida 27 ming nafar bolaning ota-onasi qo‘lga olingan. Shu davrda AQSh Ichki xavfsizlik departamenti har oy o‘rtacha 1400 nafar ota-onani deportatsiya qilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yildagi Jo Bayden ma’muriyati davriga nisbatan qariyb ikki barobar yuqori bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida kamida 12 ming nafar AQSh fuqarosi bo‘lgan bolalarning ota-onalari ham bor. Ayrim hollarda ota-onalar va bolalar turli davlat fuqarolari bo‘lgani sababli oilalarni birga saqlab qolish yanada mushkullashgan.

Nashr bir nechta muhojir oilalarining hikoyalarini ham keltirgan. Ulardan biri — Gaitidan borgan ayol bo‘lib, u siyosiy zo‘ravonliklardan qochib AQShga kelgan. Biroq hibsga olingach, u 13 oylik qizidan minglab kilometr uzoqda saqlangan. Ayolning aytishicha, qizaloq maxsus parhez va ona sutiga muhtoj bo‘lgan, ammo hukumat uni ozod qilishni rad etgan.

Huquq himoyachilari bu holatni oilalar ajratilishining yangi inqirozi deb baholamoqda. Ularning fikricha, hozirgi vaziyat Trampning birinchi prezidentlik davridagi mashhur “zero tolerance” siyosati davridan ham kengroq ko‘lamga chiqqan.

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti esa oilalar ataylab ajratilganini rad etdi. Idora vakillari ota-onalarga farzandlari bilan birga deportatsiya qilinishi mumkinligi aytilishini ma’lum qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:48

    Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi.

    'Flick yaqin vaqt ichida “Barselona” bilan shartnomasini uzaytiradi — ESPN'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:09

    Flick yaqin vaqt ichida “Barselona” bilan shartnomasini uzaytiradi — ESPN

    "Barselona" bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda ESPN nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

    'Musaffo osmon uchun berilgan qurbonlar xotirasiga'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:54

    Musaffo osmon uchun berilgan qurbonlar xotirasiga

    Yurtimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni boshqa sanalarda biroz farqli ravishda nishonlanadi.

    'O‘zbekistonda 12 jarima balli haydovchilar soni 49 nafarga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:49

    O‘zbekistonda 12 jarima balli haydovchilar soni 49 nafarga yetdi

    Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

    'Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi yodgorliklarga gul qo‘ydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:02

    Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi yodgorliklarga gul qo‘ydi

    Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    'Click katta avlod vakillari uchun “G‘amxo‘r Click: avlodlar bog‘liqligi” nomli ta’limiy uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:50