AsosiyJamiyat

Oliy sud Zomin tumanidagi ikki yoshlining bolaning o‘limi bo‘yicha hukmni tasdiqladi

Jizzax viloyati Zomin tumanida 2025 yil iyun oyida sodir boʻlgan hodisa boʻyicha birinchi instansiya sudining hukmi apellyatsiya bosqichida ham oʻz kuchida qoldirildi.

'Oliy sud Zomin tumanidagi ikki yoshlining bolaning o‘limi bo‘yicha hukmni tasdiqladi'ning rasmi

Oliy sud ma’lum qilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudi 2025 yil 10 dekabrda O.T.ni Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi (“xavf ostida qoldirish”) va 266-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topgan.

Sud hukmiga ko‘ra, O.T. 7 yilga ozodlikdan mahrum qilinib, 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan. Jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilangan.

2026 yil 24 fevraldagi apellyatsiya instansiyasi ajrimi bilan hukm o‘zgarmagan, tomonlar esa qonunda belgilangan tartibda kassatsiya shikoyati berish yoki protest keltirish huquqiga ega.

Hodisa 2025 yil 23 iyun kuni Zomin tumanida sodir bo‘lgan; xorazmlik oilaning ikki yoshli farzandi bedarak yo‘qolib, bir necha kun o‘tib jasadi topilgan edi. Ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar