1

“Bunyodkor”ning yangi rahbari Mirjalol Qosimovni qaytarmoqchi

Sport 23.12.2016, 17:10
“Bunyodkor”ning yangi rahbari Mirjalol Qosimovni qaytarmoqchi

“Bunyodkor” klubiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar bergandik.

Klub prezidenti sifatida ishlab kelgan Bedil Alimov o`rniga “O`ztransgaz” kompaniyasining rahbari Shukrulla Nasimhonovich Mahmudov ish boshlagandi.

Ushbu kompaniya "Bunyodkor" klubining bosh homiysi sanaladi. Biroq kuni kecha “O`ztransgaz”ga yangi rahbar tayinlandi. Shu bois Shukrulla Nasimhonovich Mahmudov “Bunyodkor” prezidenti lavozimini tark etdi. 

Yangi rahbar esa jamoaga Mirjalol Qosimovni qaytarmoqchi ekan, deya xabar beradi Shampionat.asia nashri. Ayni paytda “Bunyodkor”ni Sergey Lushan boshqarmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1