8 may kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirlar doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston—Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, avvalgi oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomondar o‘zaro savdo hajmi barqaror oshib borayotgani, sanoat, energetika, metallurgiya va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Shuningdek, tovar ayirboshlash sur’atlarini saqlab qolish, ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish va hududlararo aloqalarni faol davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
Madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.






