AsosiySiyosat

Sog'liqni saqlash vazirligi rahbariyati yangilandi

Prezident qarori bilan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlarining barchasi yangilandi hamda bir qator amaldorlar lavozimidan ozod etildi.

'Sog'liqni saqlash vazirligi rahbariyati yangilandi'ning rasmi

Eldor Adilov sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlanishi ortidan vazirlik rahbariyati to‘liq yangilandi. Prezident bu bo‘yicha tegishli qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, Otabek Sunnatovich Imomov sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jaloliddin Sharafutdinovich Asamutdinov esa vazirning komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shuningdek, Adham Yusupovich Xudaykulov, Sherzod Dilmuratovich Muhamedov hamda Ilhomjon O‘rinboy o‘g‘li Umrzaqov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi. Qayd etilishicha, Ilhomjon Umrzaqov ushbu tayinlov munosabati bilan iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari — Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, Alisher Shukrullayevich Boboyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Elmira Irkinovna Basitxanova va Farhodjon Muhammadjonovich Toshpulatov esa vazir o‘rinbosari lavozimlaridan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, prezident farmoniga ko‘ra, Asilbek Xudayarov 5 may kuni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident tadbirkorlar uchun peshlavha tartiblarini yengillashtirishni taklif qildi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 17:18

    Prezident tadbirkorlar uchun peshlavha tartiblarini yengillashtirishni taklif qildi

    Unga ko‘ra, binolarda joylashtirilgan korxona nomi va faoliyat turi haqidagi ma’lumotlarni reklama sifatida baholamaslik, shu orqali ular uchun alohida pasport rasmiylashtirish amaliyotini bekor qilish taklif etildi.

    'O‘zbekiston Jazoirda ilk elchisini tayinladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 16:52

    O‘zbekiston Jazoirda ilk elchisini tayinladi

    Ushbu lavozimga O‘zbekistonning Misrdagi elchisi Mansurbek Qilichev tayinlandi.

    'Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekiston investitsiya, texnologiya va yashil energiya markaziga aylanmoqda'ning rasmi

    Siyosat 04.05.2026 07:40

    Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekiston investitsiya, texnologiya va yashil energiya markaziga aylanmoqda

    Prezident kambag‘allik 35 foizdan 5,8 foizga tushirilganini, 2030 yilgacha iqtisodiyotni 240 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilinganini ma’lum qildi.

    'Shavkat Mirziyoyev “ACWA Power” bilan yangi yirik loyihalarni muhokama qildi'ning rasmi

    Siyosat 04.05.2026 02:47

    Shavkat Mirziyoyev “ACWA Power” bilan yangi yirik loyihalarni muhokama qildi

    Osiyo taraqqiyot banki yig‘ilishi doirasida davlat rahbari Saudiya Arabistonining yetakchi energetika kompaniyasi delegatsiyasini qabul qilib, hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

    'Mirziyoyev Koreya delegatsiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 03.05.2026 14:37

    Mirziyoyev Koreya delegatsiyasini qabul qildi

    Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki yig‘ilishi doirasida Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ku Yun Chxol boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi.

    'O‘zbekiston va Seyhel o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi'ning rasmi

    Siyosat 02.05.2026 05:57

    O‘zbekiston va Seyhel o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

    O'zbekiston TIV vaziri Baxtiyor Saidov Seyshel TIV va diaspora vaziri Barri Foro bilan uchrashdi.