Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan habarlarga qaramay, O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, 1-martdan tabiiy gaz narxi oshirilmadi. To‘lovlar eski tariflar asosida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, qish mavsumida belgilangan ijtimoiy me’yor o‘zgardi. Noyabr–fevral oylarida har oy uchun 500 kub metrgacha, mart–oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha bazaviy me’yor belgilangan. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda oktyabr–fevralda ham shunday me’yor amal qiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, ehtiyojmand oilalarga yil davomida har oyda elektr va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi. Masalan:
Elektr energiyasi: oyiga 200 kVt/soatdan ortiq iste’mol qilingan qismi uchun 150 kVt/soatgacha kompensatsiya;
Tabiiy gaz: qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilingan qismi uchun.






