O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga kelgan Qirg`iziston Prezidenti Almazbek Atambaev Samarqanddagi "JV MAN Auto-Uzbekistan" O`zbekiston – Germaniya qo`shma korxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Oliy martabali mehmon qo`shma korxonaning ishlab chiqarish salohiyati va bu erda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mustaqillik yillarida O`zbekiston jahonda avtomobil ishlab chiqaruvchi etakchi davlatlar qatoriga qo`shildi. Bugun O`zbekiston avtosanoati mahsulotlariga ko`pgina mamlakatlarda, jumladan, Qirg`izistonda ham talab yuqori.
"JV MAN Auto-Uzbekistan" qo`shma korxonasining tashkil etilishi mamlakatimizda avtomobilsozlikni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yil 16 fevraldagi «Og`ir yuk ko`taradigan avtomototransport vositalarini ishlab chiqarishni kelgusida rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qaroriga muvofiq O`zbekistonda og`ir yuk ko`taradigan "MAN" avtomobillarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko`rsatish kompleksi barpo etildi.
Bu erda 15 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko`tarish quvvatiga ega zamonaviy yuk mashinalari, jumladan, avtokranlar, izometrik furgonlar, suv tashish mashinalari, kombinasiyalangan yo`l mashinalari, kanal tozalash mashinalari, beton qorigich, paxta va chiqindi tashish mashinalari ishlab chiqarilmoqda.
Zavod hududida tashkil qilingan tayyorlov va malaka oshirish markazida yuk avtomobillariga texnik xizmat ko`rsatadigan mexanik va chilangarlar o`qitilmoqda. Korxonada xavfsiz va samarali boshqarish bo`yicha maxsus "MAN ProfiDrive" dasturi asosida og`ir yuk ko`taradigan mashinalar haydovchilari tayyorlanmoqda. Haydovchilarni ushbu tizim asosida o`qitish yoqilg`ining 20-30 foizini tejash, harakatlantiruvchi qismlar va transmissiya elementlarining xizmat muddatini uzaytirish, avtomobilni xavfsiz boshqarish imkonini beradi.
Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti zamonaviy standartlarga muvofiq eng so`nggi texnologiyalar bilan jihozlangan va mamlakatimiz avtomobil sanoatining muvaffaqiyatini namoyon etadigan ushbu korxona faoliyatini yuqori baholadi.
24.01.2023, 10:47
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...18.01.2023, 11:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...09.12.2022, 09:30
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg`izistonga keldi. Bu haqda "Sputniq Qirg`iziston" xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, Rossiya prezidentini "Manas" aeroportida Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Administrasiyasi rahbari...02.12.2022, 09:31
Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi 2010 yil iyun voqealari bo`yicha jinoyat ishini ko`rishda davom etmoqda. Bu haqda "24.kg" xabar qildi. Dastlab sudga sobiq prezident Almazbek Atambaev keltirildi. Sudga...