1

Filippe Koutino Evropada to`p surayotgan eng yaxshi braziliyalik futbolchi

Sport 25.12.2016, 11:35
Filippe Koutino Evropada to`p surayotgan eng yaxshi braziliyalik futbolchi

Braziliya terma jamoasi va "Liverpul" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino Evropada faoliyat olib borayotgan eng yaxshi braziliyalik futbolchi deb topildi.

Braziliyaning Esporte Interativo nashri o`tkazgan so`rovnomaga ko`ra, Koutino 48 foiz ovoz to`pladi. "Barselona" hujumchisi Neymar 33 foiz bilan ikkinchi,  "Real" himoyachisi Marselo 14% bilan uchinchi o`rinni egalladi.

Joriy mavsumda Filippe Koutino APLning 13 o`yinida maydonga tushib, 5 ta gol va xuddi shuncha golli pasga mualliflik qildi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1