1

Hayotingizga o`zgarishlar kerakmi?

SUG'DIYONA 26.12.2016, 09:55
Teglar: Ayol, SUGDIYONA
Hayotingizga o`zgarishlar kerakmi?

Gohida rejalashtirgan ishlarimiz biz istagandek amalga oshmasa, tushkunlikka tushib qolamiz. Agar bu hol bir necha marta takrorlansa, «nimanidir o`zgartirishim kerak» deya o`ylanamiz. Aslida, o`zgarishlar qilishning fursati etganini qachon anglab etamiz? O`zimizga seziladimi bu jarayon?  O`zgarishlar bizga qanchalik kerak?

Quyidagi test savollariga javob berib, o`zingizni tekshirib ko`ring.

1. Hozirgi ish faoliyatingizdan mamnunmisiz? Ha – 1 ball; Yo`q – 0 ball

2. Rejangiz siz istagandek bo`lmasa, asabiylashasizmi? Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball

3. O`zingizni–o`zingiz nazorat qilishingiz ko`pincha pand beradi. Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball

4. Atrofingizdagilar qarshi bo`lishsa ham o`z fikringizda qolasizmi?  Ha – 1 ball; Yo`q – 0 ball

5. Xarakteringizdan kelib chiqib, o`zingizga ham yoqmagan biror odatingiz bormi?  Ha -0 ball; Yo`q – 1 ball

6. Do`stlaringiz siz haqingizda hazil qilishlariga indamay qarab turolasizmi?  Ha -1 ball; Yo`q – 0 ball

7. Oilangizdagi muammolarni oson hal qilolasizmi yoki buning aksimi?  Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball

8. Notanish davralarga oson qo`shilib ketasizmi?  Ha – 1 ball; Yo`q- 0 ball

9. Qomatingiz o`zingiz istagandekmi? Ha-1 ball; Yo`q -0 ball

10. Shirinlik egingiz kelsa, avval uning kaloriyasini chamalab olasizmi?Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball

11. Xayol surishni yoqtirasizmi? Ha – 0 ball; Yo`q-1 ball

12. Plastik jarroh yordamidan foydalanishni istarmidingiz? Aytaylik, tashqi ko`rinishingizga biror o`zgartirish kiritish uchun.  Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball

13. Sport zali yoki fitness mashg`ulotlariga qatnashasizmi?Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball

14. Ko`zgu qarshisida o`z aksingizni tomosha qilishni yoqtirasizmi?  Ha – 1 ball; Yo`q – 0 ball.

 

Natija:

To`plagan balingiz 0dan 4gacha bo`lsa: hayotingizdan unchalik mamnun emasdeksiz. Biror nima o`zgartirmasam bo`lmaydi, deysizu, ammo o`sha sizga kerakli narsani topolmaysiz. O`zingizni tanqid qilavermang. Muammolar faqat sizda emas, boshqalarda ham bor. O`zgartirishni o`zingizdan boshlang. Nazoratni kamaytiring, hissiyotlaringizga izn bering, yig`lang, kuling, istasangiz baqiring. Biroq barchasini ichga yutavermang.

To`plagan balingiz 5dan 9gacha bo`lsa: Vaqti-vaqti bilan qilayotgan ishingiz, hayotingizdan ko`nglingiz to`lmaydi. Ammo sizda iroda kuchli. Xohlasangiz, katta o`zgarishlar qilolasiz. Biroq ishni nimadan boshlash kerakligini avvaldan o`ylab oling.

To`plagan balingiz 10dan 14gacha bo`lsa: hayotingizdan mamnunsiz. Bordiyu ishlaringiz reja asosida bo`lmasa ham tushkunlikka tushmay, hammasini qaytadan boshlolasiz. Chunki o`zingizga ishonchingiz kuchli. Agar biror nimani o`zgartirish kerak bo`lsa ham bu ish uchun hozir mavridi emas. Vaqti soati kelganida o`zingizga kerakligini istagingizga ko`ra o`zgartirishingiz mumkin. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1