1

Bayramga tayyorgarlik asnosida qo`l va tirnoqlar parvarishini unutmang

SUG'DIYONA 26.12.2016, 10:07
Teglar: Ayol, Go`zallik, SUGDIYONA
Bayramga tayyorgarlik asnosida qo`l va tirnoqlar parvarishini unutmang

Qo`llar — tashrif qog`ozimiz. Yangi yil arafasida esa ularni ancha «charchatib» qo`yamiz.

 

Qish davomida qo`lqoplar kiyib yuramiz. Demak, tirnoqlarimiz plastinasini tiklashning ayni payti. Rangli laklarni shifobaxsh bo`yoqlar bilan almashtirish lozim. Yoki bo`yoqdan tirnoqlaringizni tozalagach, ularga istalgan yog`dan surtish ham foydali. Yana tirnoq atrofidagi terilarni kesmang. Ularni yog`och tayyocha orqali itaring.

 

Tirnoqlarni parvarishi va terini yumshatish uchun qo`llarga 10-15 daqiqa davomida vanna qilish lozim. 45-55 daraja issiqlikdagi suv qon aylanishini yaxshilab, teridagi teshikchalarni ochadi. Natijada, qo`l terisi va tirnoqlar vitaminlarni tez qabul qiladi. Buning uchun suvga dengiz tuzi, o`simlik yog`i, kanakujut yoki bodom moyi, vitamin A va Elardan birortasini solish, kifoya.

 

Qo`llar uchun krem xarid qilayotganda ular tarkibida vitamin A (terini yoshartiradi), kollagen va elastin (terini qarishdan asrab, cho`ziluvchanligini oshiradi) borligiga e`tibor qarating. Quyosh tas`iridan himoyalaovchi moddalar ham mavjud bo`lsin, qish faslida bo`lsa-da! Kremlarni ertalab va kechqurun, albatta, surting. Іar safar qo`lingizni yuvgandan so`ng surtsangiz, bayramgacha ular yanada mayinlashadi.

 

Qo`llar uchun piling qilish ham foydali. Buning uchun suli yormasinini ezib, yarim choy qoshiq o`simlik yog`i qo`shing. Qo`llaringizga yaxshilab surtib, uqalang-da, issiq suvda yuving.

 

Bayramgacha, albatta, parvarishlovchi niqobdan foydalaning. Tuxum sarig`i, asal, gliserin, sut mahsulotlari va kartoshkali niqoblar ayni muddao.

Kartoshkani qaynatib, ezing-da, iliq sut qo`shing. Niqob teri kuymadigan darajadagi issiqlikda bo`lsin. Qo`llaringizga surtib, 10-15 daqiqadan so`ng iliq suv bilan yuving.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1