1

Barchasiga ulgurish uchun 10 maslahat

SUG'DIYONA 26.12.2016, 11:16
Teglar: Ayol, SUGDIYONA
Barchasiga ulgurish uchun 10 maslahat

Hech narsaga ulgurmayapsizmi? Ishingizni muddatida tugata olmay qolyapsizmi? Unda vaqtni boshqarish va qimmatli daqiqalarni zoe ketmaslikning 10 usulini o`zlashtirib oling.

1. Vaqtni g`amlab qo`ying. Necha bor kutilmagan vaziyatlar sizning rejalaringizga xalal berdi-ya! Mas`uliyatsiz hamkasblar, yo`ldagi tiqilinch yoki axborot tanqisligi har qanday jarayonning olg`a siljishiga to`siq bo`ladi. Bundan vaziyatni yo`qqa chiqarish uchun ko`zlagan ishlaringiz uchun 60 foiz vaqtni mo`ljallang, qolgan 40 foizi esa zaxirada qolsin. Shunda har qanday holatda ham barchasiga ulgurasiz.

2. Ulgurolmaslik sabablarini aniqlang. Siz vaqtni his qila bilasizmi? Tajriba o`tkazib ko`ring: bir kunni soatga qaramasdan o`tkazing, soat nechaligi haqidagi savollarga taxminan javob berishga harakat qiling. Noto`g`ri javoblar sonidan hayratlandingizmi? Mashq qiling! Kundan kunga siz vaqt oraliqlarini to`g`ri topa boshlaysiz. Vaqtni to`g`ri taqsimlash va rejalar tuzishda organayzer, budilnik, taymer kabilardan foydalaning.

3. Rejissyor Rebekka Millerning “Pippi Lining shaxsiy hayoti” filmini tomosha qiling. Syujetga ko`ra, namunali xotin va mehribon ona o`rta yosh inqirozi bilan boshqacha tarzda kurashmoqchi bo`ladi. U o`zini xuddi yoshlik-beboshlik paytidagidek tuta boshlaydi: sarguzashtlar, sho`xliklar, quvnoq davralar. Xo`sh, u buning uddasidan chiqadimi? Ayollarbop film. Rollarda: Robin Rayt Penn, Kianu Rivz, Vaynona Rayder, Julianna Mur, Monika Belluchchi.

4. Bioritmlarga ko`ra yashang. Organizmda hammasi daqiqalar bo`yicha yillarga taqsimlangan. Siz ichki soatlar - bioritmlarga ko`ra yashang, shunda hammasiga ulgurasiz. Soat 7-8 da turing, 9-12 qizg`in ish payti, 13-14 tushlik, 15-17 - soat 16 da qahva ichish uchun kichik tanaffus bilan ish vaqti, soat 18 - sportga bag`ishlanadi. 19 - asab tizimini dam oldirish vaqti, 20 - kosmetik muolajalarga kirishing. 21-22 - organizm quvvatni tejash tartibiga o`tadi. 23 - uyquga!

5. Ovqat tayyorlashda tezkorlik. Oshxonaningizda vaqtni tejovchi texnikalar bo`lgani yaxshi. Oshxona buyumlaringiz qulay, tez harakat qilishga moslashgan bo`lsin. Shunda siz oshxonada uzoq vaqt yo`kotmaysiz.

6. O`zingizga qarashga shoshiling. Ilgari bu muolajalarga ko`p vaqt sarflansa, hozirgi kosmetika vositalari hammasini 8 daqiqada uddalash imkonini beradi. Tezda natija beradigan vositalarni tanlang: bu vanna uchun yog`, sochlar uchun sprey, yuzni namlantirib, silliqlashtiradigan kremlar.

7. O`zingizga taym-menejer bo`ling. Ishda natijaga erishish uchun o`rtacha hisobda 1/5 ish vaqti sarflanadi. Qolgan vaqtlar esa faoolik tuzog`i: telefon qo`ng`iroqlari, elektron pochta va hamkasblar bilan norasmiy muloqot, bularning bari ishlab chiqarish jarayonini sustlashtiradi. Eng yaxshi usul - telefon qo`ng`iroqlari uchun kunning ma`lum bir vaqtini ajrating va kimlarga sim qoqmoqchi bo`lsangiz, o`sha vaqtda birdaniga gaplashib oling. Pochtangizni kuniga 3-4 martadan ortiq tekshirmang. Xatlarga tezda ko`z yugurtirib, eng zarurlariga javob yozing. Qolganiga keyin vaqt ajratasiz. Hamkasblar bilan esa ishdan so`ng yoki tushki tanaffus payti suhbatlashsangiz ham bo`ladi.

8. Tejamkorlik kunini nishonlang. Bu bayram yangilik emas, u 11 yildan buyon nishonlanadi va 31 oktyabrga to`g`ri keladi. Bayramni bank xodimlari nishonlashni taklif qilishgan. Lekin tashkilotchilarning g`oyasiga ko`ra bu faqat pulni tejashga qaratilgan emas, balki vaqtning tejashga asoslangan. “Vaqt - bu pul” degan so`z avvalgidek aktual hisoblanadi.

9. Orzularingizdan voz kechmang. Orzular og`ushida yurarkansiz, har doim uning yaqinligi, tez orada barcha niyatlaringizga etishingiz haqida o`ylang. Xayol surishga vaqt ajratganingizda albatta bir dona shokolad iste`mol qiling. Bu orzularga oshno qilib, kayfiyatni ko`tarinki bo`lishiga yordam beradi.

10. Qad-qomat uchun yarim soat. Qad-qomatni chiroyli saqlab turish uchun kuniga yarim soat vaqt sarflashingiz kifoya. Bu kam emasmi demoqchimisiz? Yo`q, etarli, faqat bu muntazam bo`lishi kerak. Har kuni yarim soatdan bir haftda 3,5 soatingizni shu uchun sarflagan bo`lasiz. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1