AsosiySport

APL. "Chelsi" yirik hisobda "Bornmut"ni mag`lubiyatga uchratib, peshqadamlikni mutahkamlab oldi

Angliya chempionati 18-turida “Chelsi” jamoasi o`z maydonida "Bornmut" futbolchilarini qabul qilib, 3:0 hisobida g`alaba qozondi.

O`yinning 24-daqiqasida Pedro hisobni ochgan bo`lsa, 49-daqiqada Eden Azar penaltidan gol kiritib, hisobni oshirdi. 90-daqiqada Pedro dubl muallifi bo`ldi.

Mazkur g`alaba Antonio Konte jamoasi uchun qatorasiga 12-si bo`ldi. “Chelsi” hozirda 46 ochko bilan peshqadam bo`lib turibdi.

"Chelsi" – "Bornmut" 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 24 Pedro, 2:0 – 49, penalti Azar, 3:0 – 90 Pedro.

"Chelsi" – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Pedro, Fabregas, Villian (Chaloba, 83), Matich, Azar (Batshuayi, 90), Mozes (Ayna, 90).

"Bornmut" – Borus, Smit (Ayb, 77), Kuk, Deniels, Smit, Uilsher, Gosling, Serman (Stanislas, 66), Arter, King (Afobe, 66), Frensis.

Ogohlantirishlar: Uilsher (14), Pedro (63).

Boshqa yangiliklar