AsosiyJamiyat

Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlandi

Navoiy viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy oltin qazib olish bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi.

'Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlandi'ning rasmi

Navoiy viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy oltin qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullangan yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro ushbu guruhga rahbarlik qilgan. U Navoiy viloyati Karmana tumanida parrandachilik xo‘jaligi binosini ijaraga olib, unda yashirin sex tashkil etgan.

Tezkor tadbir davomida 200 kg yarim tayyor oltin, oltin moddasi bo‘lgan 200 qop qum va toshlar, 300 kg kimyo vositalari, maxsus laboratoriya jihozi, 8 ta gaz ballon, maxsus tegirmon hamda boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlari va ekologiyaga yetkazilgan zarar 7 mlrd so‘mdan ortikni tashkil etadi.

Ikkinchi holatda esa Navbahor tumanida soxta ruxsatnoma asosida "Sarmishsoy" davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida noqonuniy oltin qazib olish tashkil etilgani aniqlandi. U yerda ham qimmatbaho rudalar, yarim tayyor oltin, texnika va asbob-uskunalar musodara qilingan.

Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar