AsosiyJamiyat

Buxoro va Surxondaryoda 13 kg opiy musodara qilindi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

'Buxoro va Surxondaryoda 13 kg opiy musodara qilindi'ning rasmi

DXX va bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanishdan olindi.

 Tezkor tadbir davomida “Surxondaryo–Buxoro” yo‘nalishida harakatlangan Lacetti avtomashinasi Kogon tumanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida avtomobil motor qismidagi havo filtri ostiga yashirilgan qariyb 1 kg opiy aniqlandi.

Surishtiruvlarda ushbu modda Termiz tumanida yashovchi, xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxsdan olingani ma’lum bo‘ldi. Keyingi tezkor tadbirda u ham qo‘lga olinib, yonidan 5 kg, yashash xonadonidan esa yana 7 kg opiy topildi.

    Boshqa yangiliklar