1

Toshkentning “Lokomotiv” safida 2 nafar ivuarlik legioner ko`rikdan o`tmoqda

Sport 27.12.2016, 17:02
Toshkentning “Lokomotiv” safida 2 nafar ivuarlik legioner ko`rikdan o`tmoqda

O`zbekiston  chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi 21 dekabrdan yangi mavsum oldidan ilk yig`inini boshladi. Ayni paytda “Temiryo`lchilar” mashg`ulotlarni davom ettirishmoqda. 

Klub matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, yig`inda ko`rikda bo`lib turgan 2 nafar kot d’ivuarlik legionerlar mavjud. Bular – 23 yoshli markaziy himoyachi Mohamed Gnontcha Kone hamda 19 yoshli hujumchi Gnohere Krizodir. Har ikki futbolchi ham bugungi mashg`ulotda ishtirok etdi.

Ertaga jamoa murabbiylar shtabi ushbu futbolchilarning harakatlariga “Olmaliq”qa qarshi o`tadigan o`rtoqlik uchrashuvida baho berib olish imkoniga ega bo`lishadi. Agar Kone hamda Krizoning harakatlari murabbiylarga ma`qul kelsa, ular jamoamizning navbatdagi yig`inlariga ham taklif etiladi. Qayd etish joizki, Mohamed Kone ilgari Gresiya, Moldova, Kipr chempionatlarida o`ynashga ulgurgan. Gnohere Krizo esa Belarus va Moldova chempionatlarida harakat qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1