AsosiySport
4308

Krishtianu Ronaldu – Globe Soccer Awards talqiniga ko`ra 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi

Portugaliya terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards talqini bo`yicha 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “Sports.uz” xabar bermoqda.

Portugaliyalik 31 yoshli hujumchi 2015/16 yilgi mavsumda “Real” bilan EChL g`olibi, Portgaliya termasi bilan esa Evropa chempioni bo`ldi. Qayd etish kerakki, 4 karra "Oltin to`p" sohibi 4-marta Globe Soccer Awards talqini bo`yicha eng yaxshi futbolchi deb topildi.

“Real” 2016 yilning eng yaxshi klubi deb e`tirof etildi. Portugaliyani Evropa chempioniga aylantirgan Fernandu Santush yilning eng yaxshi murabbiyi bo`ldi. 2015 yili Ravshan Ermatovga nasib qilgan mukofotga bu safar angliyalik hakam Mark Klattenburg egalik qildi.

“Barselona”, “Chelsi”, “Everton” va “Anji” kabi klublardan to`p surgan Samuel Eto’O “Faoliyatidagi yutuqlari uchun” sovrini bilan taqdirlandi. Mino Rayola yil agenti, “Real” prezidenti Florentino Peres “Eng yaxshi klub prezidenti” nomiga sazovor bo`ldi.

Boshqa yangiliklar