1

Hindistonlik ayol mamlakat bosh vaziridan uning hisobiga qanday qilib 15 million dollar tushib qolganini so`radi

Dunyo 28.12.2016, 12:32
Teglar: Dollar, Ayol, Hindiston
Hindistonlik ayol mamlakat bosh vaziridan uning hisobiga qanday qilib 15 million dollar tushib qolganini so`radi

Hindistonda yashovchi ayol mamlakat bosh vaziri Narendra Modiga murojaat qilib, uning bankdagi hisob raqamiga qanday qilib milliard rupiy (15 million dollar) tushib qolganini tushuntirib berishni so`radi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.  

India Today gazetasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, 18 dekabr kuni Nyu-Delidagi G`oziobod shahrida yashovchi ayol 18 dekabr kuni o`zining bankdagi hisob raqamidan pul echish uchun Hindiston Milliy bankidagi terminalga plastik kartochkasini kiritadi. Terminal ekranida esa yirik miqdordagi summa aks etadi. Ayol ko`zlariga ishonmay yonida turgan kishidan balansi miqdori qanchaligini so`raydi. 

Yadav ismli ayol operasiyani boshqa terminal orqali amalga oshirishni istaydi, boshqa terminal ham yirik miqdordagi summani ko`rsatadi. Keyinroq ayol vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida bankka murojaat qiladi. Biroq uning murojaati har safar javobsiz qoladi.

Shundan so`ng Yadav va uning turmush o`rtog`i hisob raqamiga katta miqdorda mablag` tushgani sabablariga oydinlik kiritish maqsadida bosh vazirga xat yozadi. 

Yadavning o`zi qadoqlash sexida ishlaydi va uning oylik maoshi 70 dollardan sal oshadi.

Sharhlar

Dollarning rasmiy kursi so`mga nisbatan ancha ko`tarildi

10.05.2024, 16:28

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 8 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 23,08 so`mga oshib, 12 7118,08so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 61,70so`mga oshib,...
Dollarning rasmiy kursi yana ko`tarildi

08.05.2024, 16:22

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 10 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 11,01 so`mga oshib, 12 695,00 so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 0,42 so`mga oshib, 13 648,39...
Dollarning rasmiy kursi qo`tarildi

07.05.2024, 16:08

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 8 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 35,87 so`mga oshib, 12 683,99 so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 25,95...
Dollarning rasmiy kursi tushdi

06.05.2024, 16:11

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan  7 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 26,88 so`mga pasayib, 12 648,12 so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 5,74...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1