AsosiyJamiyat

Jahon neft zaxiralari rekord darajada kamaydi

Financial Times yozishicha, AQShda benzin zahiralari ta’til mavsumi davrida tarixiy past darajaga yetishi mumkin.

'Jahon neft zaxiralari rekord darajada kamaydi'ning rasmi

Jahon neft zaxiralari Eron atrofidagi mojarolar ta'sirida keskin qisqarib, rekord darajaga yetdi. Bu haqda Zamon.uz ma'lum qildi.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko'ra, aprel oyida neft zaxiralari sutkasiga 6,6 mln barreldan, umumiy hisobda esa oy davomida 200 mln barreldan kamaygan. Bu holat talab pasayganiga qaramay kuzatilgan. Qayd etilishicha, shu davrda neftga bo'lgan talab ham sutkasiga 5 mln barreldan tushib ketgan bo'lib, bu kuzatuvlar tarixidagi ikkinchi eng katta pasayish hisoblanadi. Bundan oldin bunday keskin pasayish faqat COVID-19 pandemiyasi davrida kuzatilgan.

Goldman Sachs ekspertlari ma'lum qilishicha, jahon neft zaxiralari so'nggi sakkiz yildagi eng past darajaga yaqinlashmoqda. Shuningdek, Arg agentligi ma'lumotlariga ko'ra, Shimoliy Yevropada aviatsiya yoqilg'isi zaxiralari aprel oyida so'nggi olti yillik minimumga tushgan.

Financial Times yozishicha, AQShda benzin zaxiralari ta'til mavsumi davrida tarixiy past darajaga yetishi mumkin.

Tahlilchilar ta'kidlashicha, Yaqin Sharqdagi urush va Hormuz bo'g'ozi atrofidagi blokada tufayli neft bozoriga allaqachon 1 mlrd barreldan yaqin neft yetkazib berilmay qolgan. Mutaxassislar fikricha, neft bozorida vaziyat juda tez yomonlashyapti va yaqin bir necha hafta ichida jiddiy, xavfli bosqichga yetishi mumkin.

S&P Global Energy vakili Jim Burkhard so'zlariga ko'ra, bozor hali zaxiralarning rekord sur'atlarda qisqarayotganiga to'liq javob bermagan, shuning uchun neft narxlarining o'sishi hali oldinda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '6 mayda qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2026 20:25

    6 mayda qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    “O‘zgidromet” 6 may uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida katta to‘qnashuv sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2026 16:39

    Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida katta to‘qnashuv sodir bo‘ldi

    Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 75 yoshli haydovchining sog‘lig‘i yomonlashib, boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

    'Xivaga 7,5 soatda: "Jaloliddin Manguberdi" tezyurar poyezdi ilk qatnovni amalga oshirdi'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2026 13:54

    Xivaga 7,5 soatda: "Jaloliddin Manguberdi" tezyurar poyezdi ilk qatnovni amalga oshirdi

    Keyingi yillarda hurmatli Prezidentimizning tashabbusi bilan Xorazm viloyatida transport-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishga xizmat qiladigan bir nechta yirik loyihalar amalga oshirildi.

    'Mirziyoyev korxonalarni “oyoqqa turğizish” va tadbirkorlar muammolarini hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdi'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2026 12:51

    Mirziyoyev korxonalarni “oyoqqa turğizish” va tadbirkorlar muammolarini hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi.

    'Endi otalarga ham farzand tug‘ilganda ta’til berilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2026 09:47

    Endi otalarga ham farzand tug‘ilganda ta’til berilishi mumkin

    O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan yangi qonun loyihasi jamoatchilik e’tibor markaziga tushdi.

    'Makron va Pashinyan sahnada — siyosatchilar qo‘shiq kuy lab “shou” qildi'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2026 09:08

    Makron va Pashinyan sahnada — siyosatchilar qo‘shiq kuy lab “shou” qildi

    Video kadrlarida Makron mikrofon bilan royal yonida o‘tirgani, musiqa asbobini esa armanistonlik musiqachi Vaagn Ayrapetyan chalayotgani ko‘rinadi.