AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 12 jarima balli haydovchilar soni 49 nafarga yetdi

Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

'O‘zbekistonda 12 jarima balli haydovchilar soni 49 nafarga yetdi'ning rasmi

Uning aytishicha, eng ko‘p holat Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, 29 nafar haydovchi 12 jarima ballini “to‘plagan”.

Shuningdek:

— Farg‘ona viloyatida — 8 ta; — Buxoro viloyatida — 3 ta holat aniqlangan.

Bundan tashqari, Toshkent va Andijon viloyatlarida 2 tadan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan, Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlarida 1 tadan holat qayd etilgan.

Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida esa hozircha 12 jarima balli haydovchilar aniqlanmagan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur 49 ta holatning barchasi sudga yuborilgan.

Zoyir Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan fuqarolar qayta imtihon topshirishi va avtomaktablarda o‘qishi talab etiladi. Shuningdek, nazariy imtihon tartibi ham kuchaytirilgan.

Endilikda haydovchilar avvalgidek 20 ta savoldan 18 tasiga emas, balki 50 ta savoldan kamida 46 tasiga to‘g‘ri javob berishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda jarima ballari tizimi doirasida 12 balldan oshgan birinchi holat qayd etilgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 1 iyundan boshlab YPH xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnomalar asosida jarima ballari hisoblanadi.

Shuningdek, 1 apreldan avtomatik kameralar orqali aniqlanadigan ayrim qoidabuzarliklar — svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish, qarama-qarshi yo‘lakka chiqish hamda tezlik me’yoriga amal qilmaslik holatlari uchun ham jarima ballari qo‘llanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi yodgorliklarga gul qo‘ydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:02

    Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi yodgorliklarga gul qo‘ydi

    Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    'Click katta avlod vakillari uchun “G‘amxo‘r Click: avlodlar bog‘liqligi” nomli ta’limiy uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:50

    Click katta avlod vakillari uchun “G‘amxo‘r Click: avlodlar bog‘liqligi” nomli ta’limiy uchrashuv o‘tkazdi

    Click katta avlod vakillari uchun “G‘amxo‘r Click: avlodlar bog‘liqligi” nomli ta’limiy uchrashuv o‘tkazdi

    'Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi faxriysi Vera Juravskaya bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:30

    Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi faxriysi Vera Juravskaya bilan uchrashdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi faxriysi Vera Anatolyevna Juravskaya bilan uchrashdi.

    'Bugun Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:00

    Bugun Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashadi

    Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari “Matonat madhiyasi” monumenti hamda “Millat fidoyilari” xiyobonida gul qo‘yishi rejalashtirilgan.

    'Musulmonlar idorasi fuqarolarni qabristonlarni obodonlashtirishga chaqirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:23

    Musulmonlar idorasi fuqarolarni qabristonlarni obodonlashtirishga chaqirdi

    O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi qabristonlarni obod qilish va ziyorat odoblari yuzasidan aholiga murojaat bilan chiqdi.

    '11 may kuni maktablarda dars bo‘ladi, bog‘chalar esa ishlamaydi'ning rasmi

    Jamiyat 07.05.2026 16:54

    11 may kuni maktablarda dars bo‘ladi, bog‘chalar esa ishlamaydi

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2026-yil 11-may kuniga oid tartibni ma’lum qildi.