AsosiyJamiyat

11 may kuni maktablarda dars bo‘ladi, bog‘chalar esa ishlamaydi

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги 2026 йил 11 май кунига оид тартибни маълум қилди.

'11 may kuni maktablarda dars bo‘ladi, bog‘chalar esa ishlamaydi'ning rasmi

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 dekabrdagi “2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 9 may — Xotira va qadrlash kuni besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sabab ushbu dam olish kuni 2026 yil 11 may — dushanba kuniga ko‘chirilgan.

Shunga asosan:

— 2026 yil 11 may kuni umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun (ushbu kunga belgilangan jadval bo‘yicha) dars mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bundan mustasno. — Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa 2026 yil 11 may dam olish kuni hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, nodavlat ta’lim muassasalarida dam olish kunlari mazkur muassasalarning ichki tartib-qoidalariga muvofiq belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar