AsosiyJAMIYAT

Gremning o'limi Trampga "qora ishora" bo'lishi mumkin

Dugin bu haqda o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bayonot bergan.

'Gremning o'limi Trampga "qora ishora" bo'lishi mumkin'ning rasmi

Rossiyalik faylasuf va Kreml g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi Aleksandr Dugin AQSh senatori Lindsi G‘ramning to‘satdan vafoti yuzasidan o‘z versiyasini ilgari surdi. Uning fikricha, bu voqea ortida Isroilning tashqi razvedka xizmati — "Mossad" turishi mumkin.

Dugin bu haqda o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bayonot bergan.

Uning ta’kidlashicha, senatorning o‘limi AQSh Prezidenti Donald Trampga yo‘llangan "qora ishora" bo‘lib, uni Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy harakatlarni qayta boshlashga undash maqsadini ko‘zlagan bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, Dugin ushbu voqeada Eronning ishtiroki haqidagi taxminlarga shubha bilan qarashini bildirgan. Uning fikricha, eng ehtimoliy ssenariy sifatida aynan "Mossad"ning ehtimoliy ishtiroki ko‘rib chiqilishi lozim.

"Lindsi G‘ramning to‘satdan o‘limi Trampga yuborilgan qora belgi bo‘lishi mumkin. Bu ochiqchasiga: “Navbat seniki”, degan ma’noni anglatadi. Lindsi G‘ram Trampning soyasi, uning qorong‘i alter egosi edi", deb yozgan Dugin.

Ayni paytda, Duginning mazkur da’volari hech qanday rasmiy dalil yoki isbot bilan tasdiqlanmagan. AQSh rasmiylari esa senatorning o‘limida tashqi aralashuv alomatlari aniqlanmaganini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar