1

Yaqinlaringizni qutlashni unutmang! Sara tabriklar 10 ligi

SUG'DIYONA 29.12.2016, 11:41
Teglar: Ayol, SUGDIYONA, Yangi yil
Yaqinlaringizni qutlashni unutmang! Sara tabriklar 10 ligi

Bayram oqshomida Qadrdonlarimni qanday qutlasam ekan, degan savol sizni ham o`ylantiradimi? Unday bo`lsa, e`tiboringizga eng sara tabriklar 10 ligini taqdim etamiz. Ko`ngilngizga yoqqanini tanlashingiz mumkin.   

1.     Soat millari 12 marta bong urguniga qadar 12 ta tilagingizni tilashga ulguring. Agar chin dildan ishonsangiz,  ular 2017 yilda, albatta, ijobatini topadi. 

2.     Bilasizmi begim, Yangi yil kechasida hamma yomonliklarni eski yilda qoldirib, faqat yaxshiliklar bilan qarshilash odat tusiga kirgan. Mening esa eski yilda qoldirishga xech narsam yo`q. Siz  bilan yashab kelayotgan baxtli turmushimni Yangi yilga ham olib ketmoqdaman. Buning uchun sizga rahmat. Yangi yilingiz bilan azizim!

3.     Qadrli onajonim! Doim bugungidek yuzingizda tabassum, qalbingizda quvonch porlab tursin. Kelgusi yilda ham men bilan  faxrlanishingiz uchun tirishqoqlik bilan harakat qilaman. Kelayotgan yil xayotimizdani yaxshiliklarning boshlanishi bo`lsin! Ardoqlovchi farzandingiz!

4.     Aziz do`stim hayotda eng muhimi dangasalik qilmaslikdir! Hozir men yuborgan «SMS»ni o`qiyotgan ekansan, demak sen erinmay, telefoningni qo`linga olib, bir nechta tugmalarni bosishga kuch topa olding. Barakalla! Yil davomida buni saqlab tur! Axir dangasalikni enggan odamlargina o`z maqsadlariga erishadilar. Yangi yil muborak bo`lsin!

5. Sizni tabriklab, barcha orzularingiz ushalishini tilab qolaman. Chunki orzusiga etishgan inson quvnoq, tetik va sog`lom bo`ladi. Yangi yilingiz bilan!

6. Ustoz, sizga kirib kelayotgan yilda mashaqqatli ishingizda muvaffaqiyatlar, siz tarbiya qilayotgan har bir bola yurtimiz kelajagiga hissa qo`sha oladigan inson bo`lib etishishini tilab qolaman.

7. Osmondan sen kabi go`zal va mayin qor yog`moqda, sevgilim. Agar bu qor parchalari kaftingga tushsa, bilginki men seni quchayapman, agar lablaringga tushsa senga bo`sa hadya qilyapman, agar nafasingda erib ketayotgan bo`lsa, men seni sevaman. Yangi yil muborak bo`lsin!

8. Kelayotgan 365 kun o`tgan hamma kunlardan yaxshi bo`lsin. Yangi 12 oy umid va ishonch, har yangi daqiqa esa quvonch va shodliklar keltirsin. Har bir yangi soniya chin sevgi va samimiy do`stlikka yo`g`irilishini tilayman.

9. Aytishlaricha, yangi yil kechasida ezgu tilaklar ijobat bo`larkan. Men seni olamdagi eng baxtli ayol bo`lishingni tiladim. Bu tilagim tez orada amalga oshishiga ishonchim komil. Yangi yiling bilan, azizam!

10. Hurmatli hamkasbim, sizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutlayman! Ushbu yil ham Yangi va omdli g`oyalarga boy bo`lsin. Ishonchingizga sazovor hamkasblar va adolatli etakchi inson bilan ishlaringiz yanada rivoj topishini tilab qolaman. Yaqinlaringiz, do`stlaringiz sizga doim ko`makdosh bo`lishsin, har ishda qo`llab-quvvatlashsin. Ishlaringizda doimo omad hamroh bo`lsin!

Sharhlar

O`zbekiston bosh archasi qaerda o`rnatilgani ma`lum qilindi (video)

10.12.2021, 10:32

Har yili uzoq kutiladigan Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.  Eng baland sanalgan yurtimizning...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1