AsosiyJINOYAT

Qashqadaryoda elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishlar fosh etildi.

Qashqadaryoda fermer xo‘jaligi 2,2 milliard so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan.

'Qashqadaryoda elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishlar fosh etildi.'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq uchta holat aniqlanib, davlat manfaatlariga qariyb 3 milliard so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura shtabi tomonidan Qamashi tumanida o‘tkazilgan tekshiruvda “A. J.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari elektr tarmog‘iga hisoblagichni chetlab ulangani aniqlangan. Buning oqibatida 2 milliard 272 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Shuningdek, Kasbi tumanidagi fuqaroga tegishli suv nasoslarida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlanib, davlatga 572 million so‘m zarar yetkazilgani hisoblab chiqilgan.

Bundan tashqari, Shahrisabz tumanidagi bir korxonada elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish holati fosh etildi. Ushbu holat bo‘yicha elektr ta’minoti korxonasiga yetkazilgan 113 million so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar