AsosiyJINOYAT

Asfaltlash uchun ajratilgan mablag'lar talon-toroj qilindi.

Jizzax va Toshkent viloyatida ayrim mas'ullar asfaltlash uchun mo'ljallangan byudjet pullarini o'zlashtirganlikda gumonlanmoqda.

'Asfaltlash uchun ajratilgan mablag'lar talon-toroj qilindi.'ning rasmi

Jizzaxning Sharof Rashidov tumani va Toshkent viloyatining Parkent tumanida obodonlashtirish idoralari mas’ullari asfaltlash uchun ajratilgan byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Tekshiruvlarda Sharof Rashidov tumanida 6 ta ichki yo‘lda asfaltlash ishlari bajarilmagani, 348,7 million so‘mlik 634 tonna asfalt sotib yuborilgani aniqlangan.

Parkent tumanida esa 540 tonna asfalt yetkazib berilmagan bo‘lsa-da, soxta hujjatlar rasmiylashtirilib, 324 million so‘m byudjet mablag‘i o‘zlashtirilgani aytilmoqda.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Asfaltlash uchun ajratilgan mablag'lar talon-toroj qilindi. - Darakchi.uz