AsosiyJINOYAT

Qoraqalpog‘istonda katta miqdordagi gaz ballonlari o‘g‘irlandi.

Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanida 741 million so‘mlik suyultirilgan gaz ballonlarini o‘zlashtirish holati aniqlandi.

'Qoraqalpog‘istonda katta miqdordagi gaz ballonlari o‘g‘irlandi.'ning rasmi

Qoraqalpog'istonda 741 million so'mlik suyultirilgan gaz ballonlarini o'zlashtirish holati aniqlandi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kegeyli tumani bo'limi tomonidan o'tkazilgan tekshiruv davomida “Kegeylitumangaz” ta'minoti bo'limida qonunbuzilish holati fosh etilgan.

Aniqlanishicha, bo'limda moddiy javobgar bo'lgan shaxslar xizmat mavqeidan foydalanib, 781 dona suyultirilgan gaz ballonini o'zlashtirgan. Ularning umumiy qiymati 741 million so'mga baholangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zgatilgan.

Hozirda holat bo'yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar