AsosiyJamiyat
3560

2016 yilda yong`in oqibatida 23 kishi halok bo`ldi

O`tgan 2016 yil davomida Toshkentda 1679 yong`in sodir bo`ldi, buning oqibatida 23 kishi halok bo`lib, 48 kishi turli darajadagi kuyish jarohati oldi.

Yong`in oqibatida etkazilgan moddiy zarar 4,4 mlrd so`mni tashkil qildi, bu haqda Darakchi.uz nashriga Toshkent shahar YoXBB matbuot xizmatidan xabar berishdi. 

Eng ko`p yong`in Yunusobod tumanida qayd etildi (231 ta). Ikkinchi o`rinni Shayhontohur tumani (194), uchinchini esa Yashnobod (191) egalladi.

Umumiy hisobda Toshkentning aholi yashaydigan sektorida 506 yong`in qayd etildi.

Boshqa yangiliklar