AsosiySUG'DIYONA

Shohona kechki taom. Tovuq go`shti+tuzlangan pomidor=ajoyib ta`m

Zarur maslaliqlar: 1 kg. tovuq go`shti, 500 gr. tuzlangan pomidor sharbati bilan, 1 bosh piyoz, bitta sabzi, 50 ml. smetana, 2-3 bo`lak sarimsoqpiyoz, ko`katlar, murch, tuz, lavr bargi.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini o`rtacha kattalikda bo`laklarga bo`ling.

2. Piyozni yarim halqa shaklida to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring. So`ngra yupqalab, uzunasiga to`g`ralgan sabzi va sarimsoqpiyoz bo`laklarini qo`shib, 2 daqiqa qovuring.

3. Tovuq go`shti bo`laklarini ikkala tomonini ham qizartirib o`simlik yog`ida 2 daqiqadan qovurib oling.

4. Chuqurroq idishga tovuq go`shti va sabzavotlarni soling.

5. Tuzlangan pomidorlarni po`stidan tozalab, taom ustiga soling. Sharbatini smetana bilan aralashtirib quying. Agar tuzlangan pomidorning tuzi va ta`mi o`tkir bo`lsa, taomga lavr bargi, tuz, murch solish shartmas. Aksincha bo`lsa, ta`bga ko`ra qo`shasiz. 220 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo`ying. 10 daqiqadan so`ng gaz haroratini 180 darajagacha pasaytirib, 40 daqiqa qoldirasiz. Dasturxonga qaynatilgan makaron bilan tortish mumkin.

1 soatu 15 daqiqa

6 kishilik

Boshqa yangiliklar