AsosiySUG'DIYONA
9480

Farzand tarbiyasi borasida 7 maslahat

Quyida bolani shaxs sifatida tarbiyalashda  har bir ota-ona bilishi kerak bo`lgan  asosiy qoidalar quyidagicha.

1.   O`z qiziqishlaringiz va xobbingizni bir chetga butunlay yig`ishtirib, butun vaqtingizni farzandingizga baxsh etish sizga ham bolaga ham foyda keltirmaydi. Aksincha, orzu-niyatlaringizga erishish yo`lidagi mehnatingiz bola tarbiyasiga ijobiy ta`sir qilishini unutmang. 

2.   Har kech bolangiz bilan dars qilasiz. Ammo bugundan boshlab boshqa yo`lni qo`llab ko`ring. Uy vazifalarining bajarilishiga o`quvchining o`zi mas`ul, degan haqiqatni qabul qiling. Faqat o`zi yordam so`ragandagina ko`mak bering, to`g`ri yo`lga yo`naltiring.

3.   Ko`pchilik ota-onalar o`z aybini yuvish uchun bolaga sovg`alar harid qiladi. Bu noto`g`ri usul! Bolaga kichik chiqimlari uchun pul berib turing. Bola pulni o`zi to`g`ri taqsimlashi va ortig`ini o`yinchoq olishga yig`ishni o`rganishi kerak. Sizga esa bu jarayonni kuzatib, bolaga o`rgatib turish yuklanadi xolos.

4.   Ko`pincha ota-onalar bolaning yomon axloqi sababiga qiziqmaydilar. Uni tezroq tinchitib qo`ya qoladilar. Zukko ota-onalar esa bunday axloqning tagiga etib, muammoni birga hal qiladilar.

5.   Siz birinchi o`rinda farzandingiz omadli va o`qimishli bo`lishini istaysiz. Buning o`rniga bola bilan iliq va samimiy aloqalarda bo`lishni istang shundagina barcha istaklaringiz ijobatini ko`rasiz.

6.   Farzandingizni hadeb turli hil muammolardan himoya qilavermang. Mumkin bo`lgan holatlarda bolaga xato qilishiga qo`yib bering. Undan so`ng esa bolaga bu xatodan dars olishga ko`maklashing.

7.   Deyarli barcha ota-onalar bola yig`lamasligi va janjal qilmasligi uchun, unga ko`p narsalarga ruxsat beradilar. Bolalar esa bundan foydalanadilar. Bolani boshingizga chiqarmang. Shunda nafaqat o`ziningizning shaxsiy hududingizni, balki bolaning shaxsiy hududini ham hurmat  qilgan bo`lasiz.

Boshqa yangiliklar