1

«Qovoqqa bekingan go`sht» - kechki ajoyib taom!

SUG'DIYONA 11.01.2017, 15:40
Teglar: Taom, SUGDIYONA
«Qovoqqa bekingan go`sht» - kechki ajoyib taom!

Zarur masalliqlar: o`rtacha kattalikdagi 1 dona qovoq, 1-1,3 kg yog`li qo`y go`shti, 3 bosh piyoz, 3 dona pomidor, 1-1,5 st sho`rva, tuz, qora murch (ta`bga ko`ra boshqa sabzavotlar ham qo`shishingiz mumkin).

Tayyorlanishi: 1. Qovoqni yuvib, tepasini qopqoq qilib kesib oling. Ichini danagidan tozalaysiz.

2. Go`shtni o`rtacha bo`laklarga, pomidor piyozni aylana qilib, kartoshkani esa 4 bo`lakka bo`lib to`g`raysiz.

3. Barcha masalliqlarni qovoq ichiga qatma-qat taxlaysiz. Avvalo go`sht solinib tuz, murch sepiladi. So`ng piyoz, pomidor, kartoshka va boshqa sabzavotlarni solasiz. Barchasining ustidan tuz murch sepasiz. Sho`rva quyib qovoq qopqog`ini yopib 1,5-2 soat gaz pechida pishirasiz.

4. Pishgan taomni kosachalarga suzib ustidan sho`rvasini quyasiz. So`nggida qovoqni bo`laklarga bo`lib alohida likopchaga solib dasturxonga tortasiz.

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1