AsosiySUG'DIYONA

«Misr» torti - oila a`zolaringiz mehrini qozonish uchun…

Zarur masalliqlar: 200 gr. shokolad, 100 ml. qaymoq, 2 osh qoshiq kakao kukuni, 4 dona yong`oq.

Xamiriga: 400 gr. un, 200 gr. shakar, 200 ml. smetana, yarim banka quyiltirilgan sut (sgushyonka), 1 choy qoshiq yumshatgich (razrxlitel).

Kremiga: 200 gr. sariyog`, yarim banka quyiltirilgan sut (sgushyonka).

Tayyorlanishi: 1. Tuxumni shakar bilan ko`pirtirib, smetana va quyiltirilgan sut qo`shing. Un va yumshatgich solib, xamir tayyorlang.

2. Pergament qog`ozi solingan qolipga xamirni quyib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45 daqiqaga qo`ying.

3. Xona haroratida yumshatilgan sariyog`ni mikser yordamida ko`pirtiring. Ko`pirtirishda davom etib, quyiltirilgan sut qo`shing. Aralashtirib, yarim soatga muzlatkichga qo`ying.

4. Biskvitni ikki bo`lakka bo`lib, orasiga krem surting. Yuziga bug`da eritilgan shokolad, qaymoq va kakao aralashmasini surtib, yong`oq bo`laklari bilan bezang.

Tuxum yaxshi ko`pirishi uchun u yangi va muzlatkichda saqlangan bo`lishi kerak.

 

Boshqa yangiliklar