1

Vaynona Rayderning 11 haqiqati

Shou-biznes 13.01.2017, 16:10
Teglar: Aktrisa
Vaynona Rayderning 11 haqiqati

Amerikalik aktrisa, ikki karra «Oskar» mukofoti sovrindori, «Oltin Globus» laureate Vaynona Rayder 1971 yili AQShda dunyoga kelgan.

1.     «Mening hayotim hech qachon jurnalistlar yozganidek qiziq bo`lmagan».

2.     «Yuqori sinflarda Bondning sevgilisiga o`xshab kiyinishni yaxshi ko`rardim».

3.     «Jurnalistlarni ko`rgani ko`zim yo`q. Ular faqat ikki ishga qodir: sen haqingda ochiqchasiga bo`xton o`ylab topishadi yoki hammadan sir saqlamoqchi bo`lganlaringni oshkor qilishadi».

4.     «Kino yulduzi bo`lish qiyin. Chunki insonlarga sening muammolaring ularning muammosi bilan solishtirganda yo`qdek, oddiydek ko`rinadi».

5.     «Bir kuni dugonalarim bilan kafeda o`tirganimizda ulardan biri  «Amerikada sen o`zing haqingda hech narsa bilmaydigan yigitni uchratishing amri mahol» deb gurung qildilar”.

6.     «Men juda ko`p o`ylayman, kelajagimni, o`tmishni... Har tomonlama o`ylayman. Agar dunyoda nimadir kashf qilinsa, men u haqda ham o`ylab bo`lgan bo`laman».

7. “Jonni Dep mening birinchi muhabbatim, birinchi do`stim. Menga uning yuragimda butun umrga qolishining o`zi kifoya».

8.     «Ajinlar, albatta meni chetlab o`tmagan. Peshonamda yo`llar xaritasi allaqachon paydo bo`lgan».

9.     «Al Pachinoni yaxshi ko`raman. Biz ikkimiz ham uyqusizlikdan aziyat chekamiz, shuning uchun kechasi 2 da qo`ng`iroqlashib, tonggacha gap sotamiz».

10.   «Men yashayotgan tumanga xuddi butun dunyodagi modellar ko`chib kelganga o`xshaydi. Ko`chamizda sayr qilib yurganimda o`zimni mitta ayolday his qilaman».

11.   «Doimo modaga qarshi boraman. Agar qalamcha yubka kiyish urf bo`lsa,  men aksini qilib, keng yubka sotib olaman. Shuningdek o`zim yoqtirgan filmlardagi kiyimlarni  kolleksiya qilaman».

Sharhlar

Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o`ldirib qo`yishiga bir bahya qoldi (video)

05.11.2019, 00:13

“Yolg`izlar”, “Ko`z yoshim”, “Dard” kabi o`n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video  tarqaldi...Unda aktyor, portnyori Aziza Yoqubovani chin ma`noda o`ldirib qo`yishiga...
​AKTRISA ASAL ShODIEVA TADBIRKORLIKKA QO`L URDI (FOTO, VIDEO)

21.09.2017, 15:12

Asal Shodievaning Instagramdagi ijtimoiy tarmog`ida o`ziga xos dizayndagi liboslar to`plami aks etgan suratlar paydo bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, mazkur liboslar aktrisaning g`oyasi bilan yaratilgan bo`lib, Miel...
​SITORA ALIMJONOVA ShAXSIY HAYoTINI MUHOKAMA QILGANLARGA MINNATDORChILIK BILDIRDI

14.08.2017, 12:34

Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to`yi Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tdi.Sitora o`z intervyularida turmush o`rtog`ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1