1

Erkaklarning biz bilmagan 4 siri

SUG'DIYONA 13.01.2017, 16:51
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin, SUGDIYONA
Erkaklarning biz bilmagan  4 siri

Ayol makri qirq tuyaga yuk bo`ladi.

 Nahot o`sha “tuyalar” ustiga nima ortilganini bilmasa?!

Erkak yuragini zabt etish degani chakana ish emas. Turmush qurib ham hech charchamadingiz-da. Qurg`ur eringiz ham o`zingizdan badtar chiqdi. Orqavorotdan u haqida hamma biladigan, birgina sizga noma`lum ma`lumotlarni eshitganda, ayniqsa, ahvolingizni tasavvur qilish qiyin emas. Siz o`qimagan psixologik kitob, er-xotin munosabatlari haqidagi risolalar, bormagan folbin, ekstrasens qolmadi. Faqat 4 sir bor.

O`g`rini qaroqchi ursa...

Siz yoqtiradigan psixologlarning aytishicha, ayollar uchun erkaklarni rom etish haqidagi maqolalarni ularning o`zlari ham maza qilib o`qisharkan. Superizquvar bo`lib topgan informasiyalaringiz o`zingizga qarshi ishlashi mumkin, bu doim yodingizda bo`lsin. Agar qo`lingizni so`rayotgan yigit istaklaringizni chaqqon bilib olaversa, shilq etib tushishga shoshilmang. Hamma narsa tahlilda bilinadi.  “Ko`ngilni ovlash” chinakam sevgiga aylanishini xohlasangiz, birinchi uchrashuvdayoq “tumshug`ingizdan ilinmang”.

Biz va mayda-chuydalar

Erkaklar ayollarning mayda-chuydalar ustida soatlab bosh qotirishlarini tushunishmaydi. Do`konga chiqish uchun soch tarash, labga bo`yoq surtishing shartmi, degan gaplarni birinchi marta o`qimayotgan bo`lsangiz kerak. Lekin bu erkaklarning o`zi bunday odatlardan holi degan ma`noni bildirmaydi. Erkakning oldi tor, orqasi keng, deganlari rost. Faqat ular o`zlaridagi kichkina kamchiliklarini yashirishga usta bo`lishadi. Oshkor qilinmagan emosiyalar beiz ketmaydi. Qo`ng`irog`ingizga javobsiz qolsa, SMSlar uvol ketaversa, bilingki,  u nimadandir ranjigan. Vaqtida alamlar zahrini ketkazish turmushingizning uzoq va farovon bo`lishini ta`minlaydi.

“Ko`nglimda bir yor, qo`ynimda ham  o`zi”

Erkaklar ko`pxotinlilik haqida qancha og`iz ko`pirtirishmasin, erkinlikka intilishmasin, asli bundan o`lgudek qo`rqishadi. Bir narsani bilib qo`ying: erkak kishi g`ururini qattiq asraydi. O`zi hiyonat ko`chasiga kirsayu, xotini undan qasos olishini faraz qilishning o`zidayoq erkakning tepa sochi tikka bo`ladi-qoladi.  Shuning uchun bu qabilidagi gaplarni yurakka yaqin olib, qovoq-tumshuq qilib yurmang.

Yaqinlashish  siri

Haqiqat shundaki, erkaklar uchun ayollar bilan munosabatda jinsiy va ruhiy yaqinlik o`rtasida farq bor. Ayollar esa sevgani uchun ba`zan hamma narsaga tayyor bo`lishadi. Ammo muhabbat bobida jabrdiyda statusi ko`pam yaxshilikka olib kelmaydi. Ayol turmushga chiqish oldidan bo`lajak erini sevish-sevmasligi haqida o`ylasa, erkak esa bu haqda birinchi kechadan keyin bir qarorga kelishi mumkin. Ayollarning sevib qolishlari oson, dil izhori qilishlari qiyin. Erkaklarning sevgi izhori qilishlari oson, ko`ngil berishlari qiyin. Erkaklar,odatda,  o`zlari hurmat qiladigan ayolni  sevishadi, ayollar esa faqat sevgan odamlarini hurmat qilishadi. Bor qarama-qarshilik ham shunda.

Dilnoza Umarova

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1