1

Ayozda yuz qanday parvarish qilinadi?

SUG'DIYONA 16.01.2017, 10:11
Teglar: Ayol, Go`zallik, SUGDIYONA
Ayozda yuz qanday parvarish qilinadi?

Yuz terisi yil-o`n ikki oy parvarishga muhtoj. Ammo qishda yaqinlashgani sari bunga ehtiyoj nihoyatda ortadi. Sovuq shamol, qor, yomg`ir, bo`ronlarda yuz terisi ko`p aziyat chekadi. Bu yuzning tashqi ko`rinishida aks etishidan tashqari teri qavatlarida ham ma`lum o`zgarishlar ro`y beradi. Xo`sh, qishda yuzga qanday parvarish lozim?

Ko`chaga chiqishdan avval...

Qishda namlantiruvchi kremlar o`rniga faqat oziqlantiruvchi kremlardan foydalanish kerak. Bu kremlarni yuzga ko`chaga chiqishdan 20 daqiqa avval surting. Yana har kuni kechqurun uy sharoitida quyidagi niqoblarni qo`llash mumkin:

  • Smetanali niqob. Ozroq qovoq yoki petrushka ildizini qirg`ichdan chiqarib, smetana bilan aralashtiring. 20 daqiqadan so`ng qaynagan suv bilan yuving.
  • Xurmoli niqob. 2 osh qoshiq xurmo etiga 2-3 osh qoshiq ilik yog`i, 1 dona tuxum sarig`i, 1 choy qoshiq asal, o`simlik yog`i qo`shing. Unga tomchilatib 1 osh qoshiq kamfora spirti ham aralashtirilsa, u bakteriyalarga qarshi xususiyat ham kasb etadi. Bu niqob qurigan yuzlar uchun juda foydali.
  • Sabzili niqob. Sabzini qirg`ichlab, unga yarim choy qoshiq ezilgan suli yormasini qo`shing. Niqobni yuzga surtib, 20 daqiqaga qoldiring.

Yuz terisining turi sovuqda o`zgarishi mumkin

Yuz parvarishi,  albatta, uning turiga qarab tanlanadi. Yozda yuzingiz terisi yog`li bo`lgan bo`lsa, sovuq tushishi bilan u normal tusga kirishi mumkin. Qishki mavsumda yuz terisi qandayligiga qarab quyidagi muolajalarni o`tkazing:

  1. Quruq teriga haftada 2 marotaba oziqlantiruvchi va 1-2 marta vitaminlashtirilgan niqoblar surtish lozim. Bunday niqoblar tarkibi bug`doy, avokado, agava, bodom, shaftoli yog`lari, lesitindan iborat bo`lishi kerak. Quruq teri doimiy ravishda namlantirib turiladi, shuning uchun oyda 1-2 marta oziqlantiruvchi kremni namlantiruvchi turiga almashtirib qo`llash kerak.
  2. Yog`li teri sovuqda unchalik ko`p aziyat chekmaydi. Hatto bu mavsumda bunday teri sohibalari yuzidan shikoyat qilmay qo`yadi. Shunga qaramasdan uni haftada 1 marta oziqlantiruvchi, vitaminlashtirilgan niqoblar bilan siylab, tarkibida propolis, rozmarin, bodring ekstrakti, lavanda va ignabargdan bo`lgan plyonkali niqoblarni qo`llang. Shuningdek, spirtsiz losonlardan ham foydalaning.
  3. Normal teriga haftada bir-ikki marta namlantiruvchi vositalardan surtish kifoya.

Yuzda shamollash boshlanganda...

Ayoz o`z hukmini o`tkazib, yuzingizda sovuq tufayli shamollash, yuz muskullarining tortilishi, og`riq boshlansa-chi? U holda yuzning o`sha qismlariga alohida qarash lozim. Kuniga 3 marotaba namlantirish, kompress, parli vannalar va  yog`liroq kremlarni surtish kerak.

Yuz terisining shamollashi odatda teridagi tomir devorlari o`tkazuvchanligining ortishi, yuzda turli asoratlarning paydo bo`lishi,  u bilan bog`liq og`riq, shish va qizarish bilan kechadi. Shuning uchun ham yuz terisi shamollaganda, unga qarshi qo`llanilayotgan krem tarkibida quyidagi komponentlar bo`lishi shart:

  • Antioksidantlar kompleksi. Ular shamollashni to`xtatib, tashqi ta`sirlarni neytrallashtiradi.
  • Moychechak ekstrakti yuz terisini yumshatib, uning qayta tiklanishi va asoratlarining so`rilishiga yordam beradi.
  • D-pantenol yuz teri qoplamasini yaxshilaydi, terini kollagenini tiklaydi.
  • A va E vitaminlariga boy bo`lgan avokado moyi esa noziklashgan yuz terisini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.  

      Maqola dermatokosmetolog Surayyo Mirsodiqova bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Dilnoza UMAROVA 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1