AsosiySalomatlik
6163

«Logopedga savolim bor»

Muxlislarimizning savollariga oliy toifali logoped shifokor Lola Muminova javob beradi

 

— Bolam so`zlarni noto`g`ri talaffuz qilayapti. Nima qilsam bo`ladi? Undagi nutq kamchiligi nimalarga olib kelishi mumkin?

Nodira, Toshkent shahri

— Bolalar bu nuqson tufayli darslarni o`zlashtirishda tengdoshlaridan orqada qoladi, o`ziga ishonchi yo`qoladi va nutq kamchiligi chuqurlashib ketishiga olib keladi. Davolash іam qiyinlashadi. Avvalo, ota-ona o`z farzandi bilan gaplashganda, so`zlarni to`g`ri talaffuz qilishlari lozim. Undan so`ng o`sib borayotgan yosh bolalarning barmoqlarini ko`proq shakllantirish kerak. Masalan, bolaning barmoqlarini (mayda motorika) massaj qilish zarur yoki turli plastilin (xamir, loy)dan shakllar yasash, mayda o`yinchoqlarni ajratish kabi. Chunki barmoqlar ishlashining nutqqa katta ta`siri bor.

 

— O`g`lim 2 yoshu 10 oylik, ba`zi so`zlardagi bo`g`inlarni o`rnini almashtirib gapiradi. Masalan: begemotni bemegot, pomidorni mamidor deydi. Xavotirlana boshlayapman.

Xolida, Navoiy viloyati

— Bo`g`inlarni o`rni bilan almashtirish 2,5-3 yoshli bolalarda uchrab turadi. Bolaga talaffuz qilish qiyin bo`lgan so`zlarni bir necha marta takrorlating. Tovushlarni bir-biridan farqlashni o`rgating. Bu mashqlarning barchasini bolaga o`yin tarzida o`rgatish lozim. Masalan, she`r yoki qo`shiqlar yodlatish, ularni takrorlash mumkin. 3 yoshdan so`ng bu odati qolmasa, logoped mutaxassisga ko`rsating.

Boshqa yangiliklar