AsosiySport

Ueyn Runi “MYu” tarixidagi eng yaxshi to`purarga aylandi

“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Ueyn Runi klub afsonasi – ser Bobbi Charlton rekordini yangilab, “qizil iblislar” tarixidagi eng yaxshi to`purarga aylandi.

Angliya chempionati 22-turida “Manchester Yunayted” safarda “Stok Siti” mehmoni bo`lib,1:1 hisobida durang o`ynadi. Mazkur o`yinning 94-daqiqasida Ueyn Runi jarima zarbasini aniq bajarib, 2004 yildan buyon “Manchester Yunayted” uchun 250-golini kiritdi.

Shu tariqa, Runi “MYu”ning afsonaviy futbolchisi ser Bobbi Charltonni (249 ta gl) ortda qoldirib, klub tarixidagi eng yaxshi to`purarga aylandi.

Boshqa yangiliklar