Braziliyalik qahva ishlab chiqaruvchilar olimlardan uning insonlarga ta`siri qandayligi haqida aniqlashni so`rashgan. Tadqiqotda ishtirok etgan ko`ngillilarning ko`zini bog`lashib, miyadan chiquvchi impulsini kuzatishgan. Bir chashka qahva erkaklarda ta`sirchanlikni oshirib, asabiylikni keltirib chiqaradi. Ayollarda esa sevgi tuyg`usi jo`sh urishi aniqlangan. Olimlarning ta`kidlashicha, qahva haqiqatan ham muhabbat qahvasi hisoblanar ekan. Ayniqsa, ishga berilgan ayollarga qattiq ta`sir qiladi. Agarda sizga maqsad sari intiluvchan ayollar yoqsa, uni darhol qahvaga taklif qiling.
Qahva ko`pchilikning sevimli ichimligi hisoblanadi. Uning tetiklashtiruvchi xususiyati hech kimga sir emas. Kimdir qahvani achchiq holida, ba`zilar esa shirin ichishni xush ko`radi. Ruhshunoslar insonlarning qahva ichishiga qarab ham uning fe`l-atvorini aniqlaydilar. Endi siz ham bu haqda bilishingiz mumkin. Marhamat!

Shakarsiz mayda qahva — siz kuchli fe`l-atvor sohibi hisoblanasiz. Qilgan noo`rin harakatlaringizdan umuman qo`rqmaysiz. Ishdagi mas`uliyatni his etishingiz biroz qiyin.
Shakarli mayda qahva — siz mas`uliyatli inson hisoblanasiz. Bir ishni boshlashdan avval «Etti o`lchab, bir kesishni» xush ko`rasiz. Do`stlaringiz uchun joningizni ham berishga tayyorsiz.
Ko`pikli qahva — kerak bo`lgan vaqtda aql bilan ish yuritishdan ko`ra, qalbingizga quloq tutasiz. To`g`riso`zlik, qo`li ochiqlik va yaxshilik ulashish sizning asosiy fazilatlaringiz hisoblanadi.
Eruvchan qahva — maqsad sari intilishdan umuman charchamaysiz. Boshlagan har bir ishingizni muvaffaqiyatli yakunlab, obro`-e`tiborga loyiq bo`lasiz. Agarda hozircha ko`nglingizdagi natijalarga erishmagan bo`lsangiz, unda hali hammasi oldinda.
Shakar va sutli qahva — bunday tarzda ichishni xush ko`ruvchilar og`ir-vazmin fe`l-atvor sohibi hisoblanadi. O`ammaning ko`ngliga yo`l topa olishlari sabab, bekordan-bekor tushunmovchiliklar yuzaga kelmaydi. Siz sevish va sevilish uchun yaralgansiz.
Yirik qahva (kappuchchino, glyase) — sizning fe`l-atvoringizni tushunish judayam qiyin. Turli xil sarguzashtlarni xush ko`rasiz. Olam-olam orzu qilishdan charchamaysiz.






