Ruhshunoslarning fikricha, ayollarning qanday sumka ko`tarishi, sumkaning qay yo`sinda bo`lishi va uni tanlashiga qarab ham fe`l-atvorini aniqlash mumkin ekan. Bugungi ma`lumotlarimiz ayollarimizning qanday sumkani ko`ngillari tusashi haqida va shunga qarab ularning ichki dunyolarini aniqlash imkonini beradi.
Katta hajmdagi sumkalar: dunyoqarashi keng, ishga sho`ng`igan, tadbirkor ayollar bunday sumkani tanlashar ekan. Sumka sohibalari avvalo, ochilishi va yopilishi, ko`proq cho`ntagi bo`lishiga, tartib bilan qilinganligiga e`tibor berisharkan.
Jiddiy turdagi sumkalar: bunday sumkani qat`iyatli, ish bilan ko`ngilxushlikni ajrata biladigan ayollar tanlar ekanlar.
Turli xil ajoyib sumkalar: bu sumka sohibalari ko`p vaqtini o`z ko`rinishlariga e`tibor beradiganlar ishlatar ekan.
Kichkina sumka: bunday sumkachalar kalit, kosmetika, dasturmolchalar uchun mo`ljallangan bo`lib, aniq bir maqsad sari intiluvchanlarga atalgandir.