1

Salamat Qutiboev “Lokomotiv” bilan shartnoma imzoladi

Sport 26.01.2017, 08:15
Salamat Qutiboev “Lokomotiv” bilan shartnoma imzoladi

O`zbekistonning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi yangi mavsum hozirliklarini davom ettirmoqda. Shu o`rinda, “Lokomotiv” o`z safini mahoratli ijrochilar bilan to`ldirishda ham davom etmoqda.

Qishki transferlar oynasi oralig`ida “Loko” allaqachon bir necha nafar futbolchilar bilan shartnoma tuzishga ulgurdi. Bugundan e`tiboran esa “Lokomotiv” safida to`p suradigan tajribali yarim himoyachilar soni yana bir nafarga ko`paydi. Ilgari “Buxoro” klubi sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Salamat Qutiboev “Lokomotiv” a`zosiga aylandi. O`zaro kelishuvga ko`ra tomonlar 2 yilga mo`ljallangan shartnomaga imzo chekishdi.

Ta`kidlab o`tamiz, shu paytga qadar “Lokomotiv” o`z safiga Murod Bobojonov, Muhammad Kone, Gnoxore Krizo, Shuhrat Muhammadiev va Diyor Turopov kabi o`yinchilarni qo`shib olgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1