Siz avtomobil boshqarib boryapsiz. Lekin avtomobil chiroqlari ham gapirishini va rahmat so`zini aytishini bilasizmi?
- Chorrahada uzoqni ko`rsatuvchi (yorituvchi) chiroq yoqilsa «o`tkazib yubor» degan ma`noni anglatadi. Sizni asosiy yo`lda bo`lishingiz muhim emas. Agar yo`l berishni istasangiz, chiroqni o`chirib yoqing «o`taver». Anglashuvchilik bo`lmasligi uchun qo`lingiz bilan imlashingiz mumkin.
- Orqa tomondan berilgan qisqa yoki uzun signal sizni quvib o`tmoqchiliklarini bildiradi. Shu vaqtda old tomondagi yo`l bo`sh bo`lsa, unga burilish chirog`ini yoqing, bu yo`l ochiq degani bo`ladi. Uzoqni yorituvchi chiroq ikki marta o`chirilib yoqilsa oldinda xavf bor yoki chuqur yo`l kabi ogohlantirish belgisi hisoblanadi.
- Sizni ogohlantirgan haydovchiga minnatdorchilik bildirish uchun avariya chirog`ini ikki marta o`chirib yoqing. Bu universal «rahmat».