AsosiySport

Joze Mourino “MYu” mag`lubiyatini tan olgisi kelmadi

'Joze Mourino “MYu” mag`lubiyatini tan olgisi kelmadi'ning rasmi

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino “Xall Siti”ga qarshi (1:2) Angliya Liga Kubogi yarim final javob o`yinidan keyin o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

“Men jamoa futbolchilarini tabriklashni istardim. Final tomon yo`l osok bo`lmadi va biz finaldamiz. Biz mag`lubiyatga uchramadik.

Men xotirjamman, o`zimni yaxshi tutdim va zaxira o`rindig`idan chetlatilmadim. Hech qanday jazo olmadim. Boshqa hech narsa deyishni istamayman”, – dedi Mourino.

Eslatib o`tamiz, “Uembli” stadionida bo`lib o`tadigan final bahsida “MYu” futbolilari “Sautgempton”ga qarshi bahs olib borishadi.

    Boshqa yangiliklar