1

​Eringizning ko`nglini topolmayapsiz!? Sababi yo`l qo`yilayotgan 7 xatoda

SUG'DIYONA 01.02.2017, 12:12
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin
​Eringizning ko`nglini topolmayapsiz!? Sababi yo`l qo`yilayotgan 7 xatoda

Ba`zan, tirnoq ostidan kir qidirish, odati o`z-o`zidan qaynonadan uning o`g`liga o`tganini sezib, yoqa ushlab qolasiz. Sevimli «dadajonisi»ni ichingizda «onangga o`xshamagur», deb qarg`ab ham qo`yasiz. Biroq, masala shu bilangina hal bo`lsa qaniydi… Bo`lmaydi-da!

Turmush o`rtog`ingizga dabdurustdan lab bo`yog`ingizning rangi, ovqatingizning ta`mi, ko`ylaklaringizning uzun-kaltaligi yoqmay qolsa, kamiga didingizni ham tanqid qiladigan odat chiqarsa xayolingizga keladigan birinchi tahmin nimaligini yaxshi bilasiz. Ha, xuddi o`sha «boshqasini topganmikan», degan shubha. O`zi biz ayollar zap gumondormizda! Keling, undan ko`ra masalani hovliqmasdan tahlil qilib ko`raylik. Balki muammo eringizning injiqligi emas, sizning beparvoligingizdadir? Xo`sh yo`l qo`yayotgan xatolarimiz nimalardan iborat?

1-xato. Turmushga chiqqandan keyin, «yoqtiradigani yoqtirib bo`ldi, endi oyna oldidagi mashaqqatli mashqlardan iborat go`zallik soatlari shart emas», deb o`zingizni juda bo`sh qo`ydingiz. Erkaklar esa to`ydan keyin ham ko`zi bilan yaxshi ko`raveradi. Shunday ekan uning tashqi ko`rinishingiz haqidagi biror e`tirozini e`tibordan chetda qoldirishga haqqingiz yo`q.

Echim. Hech qachon go`zalligingizga qo`shimcha zeb berishga erinmang! Oshxonada kuymalashganda ham, do`konga chiqqanda ham ko`rinishingiz a`lo bo`lsin. Hafsala qilsangiz, uy kiyimini-da o`ziga xos bichimdagisini tanlab kiyish mumkin. Dam olish kunlari bo`yanmaslik uchun bahona bo`la olmaydi.

2-xato. Turmush o`rtog`ingizga haddan ortiq bosim o`tkazib, har bir ishini tanqid qilaversangiz («uff, ko`ylak yoqasini bir kun kiymay kir qilaverarkan-da!»), u ham sizga xudi shu tariqa javob beradi. Uning injiqligi seziladiyu, o`zingizdan o`tganini sezmaysizda?!

Echim. Erkaklarga erkinlik kerak. Bu ularning hayot mazmuni. Eringiz istaganidek ish tutishiga imkon bering. Stulni tuzata olmasligi, aksincha borini ham buzib qo`yishini bilsangizda, bu borada achchiq gap aytishdan tiyiling. Yo`l qo`ygan xatolariga o`zi amin bo`lsin. Turmush o`rtog`ingiz ba`zan do`stlari davrasida kechgacha o`tirishiga qarshilik qilish haddan ziyod xudbinlik.

3-xato. Boshidan o`zingizni juda bo`sh qo`yganingiz sabab, u sizni har bir ishda tanqid qilib, kamsitishga ko`nikib qolgandir? Uning injiqliklariga o`zingiz sababchisiz! Uni haddan ziyod sevganingiz sabab, ko`nglini topish uchun barcha aytganiga ko`ngansiz. Begingiz esa bunga ko`nikib qolgan.

Echim. O`zingizni hurmat qilishni o`rganing! Ko`nglingizga yoqmayotgan takliflarga «yo`q», deyishdan qo`rqmang. To`g`ri, dastlab qo`ydek yuvosh xotinning gap qaytarayotgani eringizni hayratlantiradi. Ammo injiqliklariyu, jerkishlari hiqildog`ingizga kelganini yotig`i bilan, qog`ozga o`rab tushuntirsangiz, kelishmovchiliklar barham topadi.

4-xato. Juftingiz sizni shunchalik sevadiki, sizdek ayolni saqlab qolishning eng qulay usuli o`z muhabbatiga loyiq ko`rib, himmat qilganini miyangizga singdirish deb o`ylaydi. Sizni yo`qotib qo`ymaslik uchun tanqid qilaverib o`zingizga ishonchingizni sindirishni istaydi. O`zini sizdek «o`rtamiyona» odamga marhamat ko`rsatayotgan shahanshohlardek tutishdan lazzatlanadi. Chunki u o`ziga ishonmaydi.

Echim. U o`ziga ishonmaydi, shu uchun har narsada sizdan shubhalanadi. Ishonchsizligi, tanqidlari bilan dilingizni ranjitadi. Eringizga o`ziga ishonishni o`rgating. Buning uchun uni qanchalar sevishingiz, qadrlashingizni har kuni isbotlashingiz, aytishingiz kerak. Aks holda butun umr gumonu, kamsitishlarga chidab yashashingizga to`g`ri keladi.

5-xato. Turmush o`rtog`ingiz atrofdagilar unga gap-so`zsiz bo`ysunishlariga shunchalar o`rganib qolganki, sizni ham ularning bir qismi sifatida ko`radi. Shuning uchun unga yoqmagan biror masala yo vaziyat yuzasidan darhol noroziligini bildiradi.

Echim. U bilan teng huquqli ekaningizni tushuntirish oson kechmaydi. Shaxsiy «men»ingiz borligini isbotlang. Shundagina u sizni hurmat qila boshlaydi va tanqid qilishdan oldin o`z fikrini taroziga qo`yib ko`rishni o`rganadi.

GULNOZA

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1